"Yangiyo‘l-Agro Star" MCHJ — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompaniya hisoblanadi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, pomidor, bulg‘or qalampiri va ko‘kat kabi eksportbop mahsulotlarni ilmiy asosda yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Biz o‘z faoliyatimizda agrotexnik tadbirlar, zamonaviy issiqxonalar, energiya tejamkor texnologiyalar va malakali agronomlar ko‘magidan foydalanamiz. Mahsulotlarimiz muzlatish, qadoqlash va brendlashdan o‘tib, Rossiya, Yevropa va boshqa xorijiy bozorlar uchun tayyor holatda eksport qilinadi. Kompaniyamiz dehqon va tomorqa egalari bilan hamkorlikda ishlaydi: ularga urug‘, o‘g‘it, texnik maslahatlar va imtiyozli kreditlar bilan ko‘maklashadi. Shu bilan birga, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini milliy brend sifatida dunyoga tanitishga intilmoqda. "Yangiyo‘l-Agro Star" — zamonaviy agrotexnologiyalar, eksport salohiyati va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona markazi.
Dehqon va fermerlar uchun urug‘, o‘g‘it, ko‘chat hamda agrotexnik maslahatlar taqdim etamiz. Mahsulotlarni yig‘ib olish, muzlatish, qadoqlash va eksportga tayyorlashda to‘liq ko‘mak beramiz. Imtiyozli kreditlar, malakali agronomlar yordami va barqaror sotuv bozorlari bilan ta’minlaymiz.
Bog'lanishDehqon va fermerlarga mos navli urug‘ va ko‘chatlar taqdim etiladi. Agroxizmat markazlari orqali o‘g‘it, kimyoviy vositalar yetkaziladi. Har bir hududda agronomlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Malakali agronomlar kuzatuv va tavsiyalar bilan ishlaydi. Dehqonlar uchun mavsumoldi treninglar tashkil qilinadi. Kasallik va zararli hashoratlarga qarshi kurash yo‘llari o‘rgatiladi.
Fermerlar va yur.shaxslar uchun “Tomorqa biznesi” kreditlari beriladi. Urug‘, o‘g‘it va issiqxona uchun arzon kreditlardan foydalanish mumkin. Hujjatlarni rasmiylashtirish va bank bilan ishlashda yordam beriladi.
Hosil yig‘imi, qadoqlash, sovutish va logistika to‘liq tashkil etiladi. Yirik sovutkichlar va agrologistika markazlari orqali saqlash yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlar eksportga sifatli va uzluksiz yetkaziladi.
Mahsulotlar xalqaro standartlarga moslab eksport qilinadi. “Made in Uzbekistan” ostida brendlash va targ‘ibot ishlari olib boriladi. Rossiya, Yevropa va Osiyoga fyuчерs asosida mahsulot yetkaziladi.
Eksportbop navlar bilan ta’minlaymiz. Iqlimga mos tanlovlar agronomlar tavsiyasi asosida. O‘z vaqtida yetkazib berish kafolatlanadi.
Fermerlar bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar jamoasi. Natijadorlik va barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘yamiz.
Yangiyo‘l-Agro Star” kompaniyasi dehqonlar bilan bevosita ishlaydi, agrotexnologiyalarni joriy qiladi va xalqaro talabga javob beradigan mahsulotlarni yetishtirishga kafolat beradi. Har bir bosqichda sifat, nazorat va tajriba asosida harakat qilamiz. Biz fermerlar ishonchini va xalqaro bozorlar talabini birlashtiruvchi agroplatformamiz.
Issiqxonalar, quyosh panellari va tomchilab sug‘orish kabi innovatsiyalar joriy qilinmoqda.
Mahalliy agronomlar doimiy maslahat beradi. Parvarish va himoya bo‘yicha amaliy ko‘mak mavjud.
Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi 1-uy
Telefon: +998 97 609 53 62