"Yangiyoʼl-Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi Sirdaryo tumanida o‘quv seminari o‘tkazdi
"Yangiyoʼl-Agro Star" MCHJ tomonidan qamrab olingan tumanlardan biri boʼlgan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Quyosh" MFY da ixtisoslashgan mahsulotlarni yetishtirilishi va eksporti yuzasidan oʼquv seminari oʼtkazilidi.
Seminar davomidan 250 dan ortiq tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xoʼjaliklari yervvakillari hamda sohaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida "Oʼzbekiston davlat Agrar universiteti" professor oʼqituvchilari, Turkiyalik malakali agronom, "Ifoda agro kimyo tahlil markazi" MCHJ va ekspartyor korxona mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi.
Jarayonlar davomida qadoqlangan mahsulotlar, qishloq xoʼjaligi texnikalari, urugʼ va oʼgʼitlar koʼrgazmalari tashkil etildi.
Seminar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilar "Yangiyoʼl-Agro Star" MCHJ hamda Sirdaryo viloyati Kichik biznesga koʼmaklashish markazi tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, kompaniya loyihalarini investitsion va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash uchun biriktirilgan "Biznesni rivojlantrish banki" ATB tomonidan 1.8 mlrd soʻmlik loyihaning moliyalashtirish taqdimoti oʼtkazildi.